date
views 279

A’loxon Abdullayev serbiyalik bokschini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

A’loxon Abdullayev serbiyalik bokschini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
 
-75 kg vazn toifasida A’loxon Abdullayev serbiyalik Memik Almirga qarshi ringga ko‘tarildi.. Hamyurtimiz qizil formada, uning raqibi ko‘k libosda harakat qildi.
 
Ilk raundda A’loxonning qo‘li baland keldi - 4:1.
 
Ikkinchi raundda hakamlar bir ovozdan Abdullayevning ustunligini qayd etishdi - 5:0.
 
Uchinchi raundda A’loxon raqibiga yutqazdi - 2:3. Yakuniy hisob esa 4:0. A’loxon Abdullayev chorak finalda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A’loxon Abdullayev serbiyalik bokschini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi