Oybek Jo‘rayev Yevropa chempionini jahon chempionatidan chiqarib yubordi

Oybek Jo‘rayev Yevropa chempionini jahon chempionatidan chiqarib yubordi
Oybek Jo‘rayev Yevropa chempionini jahon chempionatidan chiqarib yubordi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. 
 
-54 kg vazn toifasida Oybek Jo‘rayev ispaniyalik Gabriel Eskobar bilan ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz qizil formada, uning raqibi ko‘k libosda harakat qildi.
 
Ilk raundni hamyurtimiz o‘z foydasiga hal qildi - 5:0.
 
Ikkinchi raundda ham Oybek Jo‘rayevning qo‘li baland keldi - 4:1.
 
Uchinchi raundda hakamlar Oybek Jo‘rayevning ustunligini qayd etishdi - 3:2. Yakuniy hisob 5:0. Oybek Yevropa chempionini jahon chempionatidan chiqarib yubordi. O‘zi esa yarim finalga yo‘l oldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar