
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
+92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov qozog‘istonlik Qamshibek Konkabayev bilan ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz qizil libosda, uning raqibi ko‘k formada harakat qildi.
Birinchi raundni Jalolov o‘z foydasiga hal qildi - 5:0.
Hamyurtimiz ikkinchi raundda ham ustunlikka erishdi - 5:0.
Uchinchi raundda Jalolovning qo‘li baland keldi. Yakuniy hisob 5:0 foydasiga. Bahodir Jalolov yarim finalga yo‘l oldi. Hamyurtimiz kamida bronza medali va 50 ming dollarni naqd qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar