22:44 / 10.05.2023
372

Bahodir Jalolov qozog‘istonlik raqibi bilan munosabati va bugungi jangi haqida gapirdi

Bahodir Jalolov qozog‘istonlik raqibi bilan munosabati va bugungi jangi haqida gapirdi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. +92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov qozog‘istonlik Qamshibek Konkabayev bilan ringga ko‘tarildi. Bellashuvda Jalolovning qo‘li baland keldi - 5:0 foydasiga.
 
Shu tariqa, hamyurtimiz yarim finalga yo‘l oldi. Bahodir kamida bronza medali va 50 ming dollarni naqd qildi.
 
- Meni qo‘llab-quvvatlab turgan hammaga rahmat. Men buni jangda his qilib turdim. To‘g‘risini aytsam, jangdan oldin juda hayajon bo‘ldi. Bu mezbon ekanligimizgami yoki boshqa sabab, bilmadim. Allohga shukr, g‘alaba qozondim.
 
Oltin medal uchun hali yana 2 ta jang o‘tkazishim kerak. Keyingi janglarda ham chiroyli harakatlar bilan ishonchni oqlashga harakat qilaman. Men Qamshibek Konkabayev bilan do‘stman. U meni Qozog‘istonga chaqirdi, o‘zi O‘zbekistonga keldi. Bu - sport. Kim kuchli bo‘lsa, o‘sha yutadi. Oramizda hech qanday kelishmovchilik yo‘q. U o‘z vatanini, men o‘z yurtimni himoya qilyapman. Keyingi raqiblarni endi o‘rganib chiqaman, - dedi Bahodir Jalolov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov qozog‘istonlik raqibi bilan munosabati va bugungi jangi haqida gapirdi