
Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining yarim finalidan o‘rin olgan janglar 12-may, juma kuni bo‘lib o‘tadi. Mazkur bosqichgacha yetib kelgan 9 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazadi.
Quyida janglarning boshlanish vaqti bilan tanishing:
- -54 kg: Oybek Jo‘rayev – Dmitriy Dvali (Rossiya), (14:45 dan so‘ng);
- -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Misheyelt Battumur (Mo‘g‘uliston), (15:45 dan so‘ng);
- -75 kg: A’loxon Abdullayev – Vanderley Pereyra (Braziliya), (16:00 dan so‘ng);
- -92 kg Lazizbek Mullajonov – Muslim Gajimagomedov (Rossiya), (17:00 dan so‘ng);
- -51 kg: Hasanboy Do‘stmatov – Martin Molina (Ispaniya), (18:15 dan so‘ng);
- -57 kg: Abdumalik Halokov – Munarbek Seitbek Uulu (Qirg‘iziston), (18:45 dan so‘ng);
- -63,5 kg: Ruslan Abdullayev – Xovanets Bachkov (Armaniston) (19:00 dan so‘ng);
- -71 kg: Saidjamshid Ja’farov – Vanderson De Oliveyra (Braziliya), (19:45 dan so‘ng);
- +92 kg: Bahodir Jalolov – Ayub Gadfa Drissi (Ispaniya), (20:45 dan so‘ng).
Janglarni UzReport telekanalida, shuningdek, IBA’ning rasmiy sayti orqali tomosha qilish mumkin.
Boks ChempionatiToshkent JanglariO‘zbekiston BokschilariJang VaqtiJang NatijalariIBA Rasmiy Sayti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar