
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tadi.
-54 kg vazn toifasida Oybek Jo‘rayev rossiyalik Dmitriy Dvali bilan ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz ko‘k libosda, uning raqibi qizil formada harakat qildi.
Ilk raudda Oybek Jo‘rayevning qo‘li baland keldi - 4:1.
Bokschimiz ikkinchi raundni o‘z foydasiga hal qildi - 3:2.
Uchinchi raundda rossiyalik bokschi ustunlikka erishdi 2:3. Yakuniy hisob 5:2 Oybek Jo‘rayev foydasiga. Shu tariqa, Oybek Jo‘rayev finalga yo‘l oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar