A’loxon Abdullayev jahon chempionatining bronza medaliga ega chiqdi


Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tadi.
-75 kg vazn toifasida A’loxon Abdullayev braziliyalik Vanderley Pereyraga qarshi ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz qizil libosda, uning raqibi ko‘k formada harakat qildi.
Birinchi raundda A’loxon Abdullayev ustunlikka erishdi - 3:2.
Ikkinchi raundda braziliyalik bokschining qo‘li baland keldi - 2:3.
Uchinchi raundda Vanderley Pereyra ustunlik qildi - 0:5. Yakuniy hisob 1:4 braziliyalik bokschi foydasiga.
Shu tariqa, jahon chempionatidagi ilk medalimiz aniq. A’loxon bronza medaligini qo‘lga kiritdi va 50 ming dollar pul mukofotiga ega chiqdi.































Izohlar 0
…