
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari o‘tkazdi.
+92 kg vazn toifasida ozarbayjonlik Mahammad Abdullayev kubalik Arzola Lopezga qarshi ringga ko‘tarildi. Bellashuvda Arzola Lopez 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.
Endi ushbu bokschi finalda o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov bilan ringga ko‘tariladi. Eslatib o‘tamiz, Bahodir yarim finalda jang o‘tkazmay finalga chiqqandi. Bokschimizning raqibi jarohati tufayli ringga chiqa olmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar