
Qatarda bo‘lib o‘tadigan "Osiyo kubogi-2023" musobaqasi guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, vakillarimiz "B" guruhidan joy oldi. Ushbu kvartetda bizga Avstraliya, Suriya va Hindiston termalari raqiblik qiladi.
Mazkur musobaqa qur’asi haqida Hindiston terma jamoasi bosh murabbiyi Igor Stimach quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Biz guruh bosqichida Avstraliya, O‘zbekiston va Suriya kabi kuchli termalarga qarshi bahs olib boramiz. Qiyin sinov kutib turgani aniq. Ammo bu yerga qadar biz bor kuchimizni sarflab yetib keldik. Endi ham bo‘sh kelmaymiz.
Tayyorgarliklar ko‘rib bormoqdamiz. Yanvargacha eng yaxshi darajamizga chiqishimiz talab etiladi. Umid qilamanki, biz musobaqada o‘ziga xos tarzda ishtirok eta olamiz", - dedi mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, vakillarimizning Hindistonga qarshi o‘yini 2-turda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 18 yanvar sanasiga belgilangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar