date
views 506

Medallar jamg‘arish bo‘yicha kim nechanchi o‘rinni egalladi?

Medallar jamg‘arish bo‘yicha kim nechanchi o‘rinni egalladi?
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi.
 
Finalga chiqqan hamyurtlarimiz o‘z chiqishlarini yakunladi. Hasanboy Do‘smatov (-51 kg), Abdumalik Xalokov (-57 kg), Ruslan Abdullayev (-63,5 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg), Bahodir Jalolov (+92 kg) oltinga ega chiqdi. Oybek Jo‘rayev (-54 kg), Saidjamshid Jafarov (-71 kg) kumush medal bilan kifoyalandi. Yarim finallarda imkoniyatni boy bergan A’loxon Abdullayev (-75 kg) hamda Lazizbek Mullojonov (-92 kg) bronza medallarni qo‘lga kiritdi.
 
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.
 
Vakillarimizdan so‘ng umumjamoa hisobida Qozog‘iston (4 ta oltin, 1 ta kumush) ikkinchi bo‘ldi. Kuchli uchlikka esa Rossiya (2 ta oltin, 4 ta bronza) yakun yasadi. Shuningdek, Kuba va Fransiya terma jamoalari ham Toshkentni oltin medal bilan tark etadigan bo‘lishdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Medallar jamg‘arish bo‘yicha kim nechanchi o‘rinni egalladi?