Fransiya so‘nggi daqiqalarda Albaniyaga ikkita gol urib, g‘alabani ilib ketdi

Fransiya so‘nggi daqiqalarda Albaniyaga ikkita gol urib, g‘alabani ilib ketdi
Fransiya so‘nggi daqiqalarda Albaniyaga ikkita gol urib, g‘alabani ilib ketdi

Yevro-2016 musobaqasining guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Fransiya hamda Albaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Unda 2:0 hisobi qayd etilib, fransuzlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning deyarli 90 daqiqasida hisob o‘zgarmasdan turgandi. Ammo, 90-daqiqada Grizmann va 90+5 daqiqada Payetlar g‘alaba gollarini urishdi.

Shu tariqa Fransiya ikki o‘yin natijasiga ko‘ra olti ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Yevro-2016, 2-tur
Fransiya – Albaniya 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 90 Grizmann, 2:0 – 90 Payet.
Fransiya – Loris, Rami, Evra, Sanya, Kosyelni, Kante, Matyuidi, Payet, Koman (Grizmann, 68), Marsyal (Pogba, 46), Jiru (Jinyak, 77).
Albaniya – Berisha, Lenyani, Mavray, Ayeti (Veseli, 85), Lilya (Roshi, 71), Memushay, Kukeli (Djaka, 74), Xyusay, Abrashi, Agoli, Sadiku.
Ogohlantirishlar: Kukeli (55), Abrashi (81), Kante (88).

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar