“Barselona” penaltidan birorta gol urolmay, chempion bo‘lishni uddaladi!


“Barselona” to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng, Ispaniya chempionatida g‘olib chiqdi va tabriklarni qabul qilmoqda.
Statistika bilan shug‘ullanadigan ekspretlar kataloniyaliklar haqida qiziq ma’lumotni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Xavi Ernandes shogirdlari mavsum davomida biror marotaba penaltidan gol urmasdan chempionlikka sazovor bo‘ldi.
Umuman olganda, “Barselona” La Ligada ikki marotaba 11 metrlik belgidan zarba berdi. Ferran Torres “Valensiya” (1:0), Robert Levandovski “Almeriya” (2:0) darvozasini penaltidan ishg‘ol qila olmadi.
Shunga qaramay, kataloniyalik futbolchilar mavsumni yuqori darajada o‘tkazib, muddatidan oldin chempion nomiga sazovor bo‘ldi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…