O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov U-20 jahon chempionati oldidan jurnalistlarning savollariga javob berib o‘tdi.
Tayyorgarlik haqida:
"Osiyo chempionatidan keyin yaxshi yig‘inlar o‘tkazishga erishdik. Xususan, Ispaniyadagi yig‘inda Braziliya, Dominikan Respublikasi va Gibraltarga qarshi uchrashuvlar o‘tkazdik. Keyinchalik reja asosida jismoniy tayyorgarlik, taktik ishlanmalar bo‘yicha ish olib bordik.
JCH tashkilotchiligi haqida:
Tashkilotchilik haqida ijobiy fikrdaman. Biz turgan shaharcha biroz kichikroq, lekin eng asosiysi maydonlarning holati yaxshi.
Tarkib haqida:
Turdimurodovni yangi deb bo‘lmaydi, u ko‘plab yig‘inlarimizda ishtirok etgan. Ayni paytda u o‘zining yaxshi formasida. Hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida uni jalb etganmiz. Avvalgi yig‘inlarda barcha futbolchilarga imkoniyat berildi, kim o‘zini yaxshi ko‘rsatgan bo‘lsa, o‘shani tarkibga kiritdik.
Argentina haqida:
Argentina bilan o‘tgan yili ham o‘ynaganmiz. Ularni so‘nggi o‘yinlarini tahlil qildik, kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rgandik va shunga yarasha tayyorgarlik olib bormoqdamiz.
Kuchli raqib, nom yuzasidan hech qanday bosim yo‘q. Chunki biz nafaqat Argentina, balki Urugvay, Braziliya ham bilan o‘ynab, yetarlicha tajriba to‘pladik. Shu o‘rinda tayyorgarlik jarayonida kuchli raqiblar bilan o‘yinlar tashkil etgani uchun rahbariyatga va xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassislariga minnatdorchilik bildiraman.
Jamoa oldiga qo‘yilgan maqsad haqida:
Avval ham jahon chempionatlarida ishtirok etganmiz. Shu sababli oldimizga oliy maqsadni qo‘yganmiz, qolaversa, avvalgi ishtiroklarimizdagi natijalarimizni yaxshilashni ham maqsad qilganmiz. Bolalarning ishtiyoqi baland, ularda o‘zlariga nisbatan ishonch bor. O‘ylaymanki, jahon chempionatiga tayyormiz.
Biz hozir olisdamiz, shu sababli muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezamiz. Xalqimiz oynayi jahon orqali bizni ko‘rib turganini albatta his qilamiz, ularning duolari biz uchun muhim.
O‘FA matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi