Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Spetsiya” A Seriyaning 36-turida mavsumdagi eng muhim uchrashuvlaridan birini o‘tkazadi.
Leonardo Semplichi shogirdlari bu turda o‘zlaridan bir pog‘onada yuqorida turgan “Lechche” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Hozir “Spetsiya” hisobida 30 ochko bor. Eng yaqin ta’qibchi “Verona” ham shuncha ball to‘plagan. “Lechche”ning ochkosi ulardan ikkita ko‘p.
Demak, “Spetsiya” safar uchrashuvidan g‘alaba bilan qaytsa, katta ehtimol bilan yuqori diviziondagi joyini saqlab qoladi. Liguriyaliklar o‘tgan turda Italiya grandlaridan “Milan”ni mag‘lubiyatga uchratib, natija uchun o‘ynay olishini ko‘rsatdi.
“Spetsiya” bosh murabbiyi Leonardo Sempionlichi bo‘lajak o‘yin oldidan matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirib, Eldor Shomurodov haqida ham to‘xtaldi.
Vaziyat haqida
“Milan” bilan bo‘lgan uchrashuv o‘zimizga bo‘lgan ishonchni qayta uyg‘otdi va bo‘lajak bahsga boshqacha ishtiyoq bilan tayyorlandik. Bir necha bellashuvda natija qila olmaganim uchun bunaqa bo‘lmagan edi. Lekin hali masalani hal qila olganimiz yo‘q.
“Milan” bilan bo‘lgan o‘yin juda katta natija bo‘ldi va “Lechchi” bilan bo‘ladigan bahsda ham ana shunday ishtiyoq bilan to‘p tepishimiz kerak.
Kuchli jamoaga qarshi o‘ynashimizni his qilib turibmiz va shunga yarasha yaxshiroq tayyorlanishimiz shart. Natijaga erishish uchun yaxshi o‘yin ko‘rsatishimizga to‘g‘ri keladi.
A Seriyada qolish imkoniyati haqida
Buni gapirishga hali erta. Bir hafta muqaddam g‘aznaga uch ochko qo‘shdik, lekin hozir buni befoyda, deb hisoblaymiz va bo‘lajak bellashuvda maksimal darajadagi e’tibor bilan harakat qilishimiz lozim. Biz chempionat oxirida ijobiy natijaga erishish uchun bor imkoniyatimizni safarbar qilamiz.
O‘yin sxemasi haqida
Biz asosan ikki taktik sxema ustida ishladik. Ularning qay biri futbolchilarimizga ko‘proq mos tushishini yaxshi anglab yetishimiz kerak. Vaziyatni tahlil qilyapmiz va qaror oxirida qabul qilinadi. O‘tgan dam olish kuni yigitlar o‘zini har tomonlama zo‘r ko‘rsata oldi. Endi bu gal qanaqa bo‘lishini o‘yinda bilib olamiz.
Eldor Shomurodov haqida
Uchrashuvda 3-5-2 sxemasidan foydalanishimiz mumkin. Bu vaziyatda Eldor Shomurodov haqida bosh qotirishga to‘g‘ri keladi. Eldor bu pozitsiya uchun yaxshi nomzod hisoblanadi.
Shuningdek, mashg‘ulotlarda Kaldara shikastlanganini ham aytish joiz. Bastoni ham jarohatidan to‘la qutilgani yo‘q. Tarkib tanlash borasida bir necha muammolarimiz bor. Lekin boshlang‘ich tarkibimizga ishonamiz.
Ishga munosabat haqida
Biz uchun qat’iyatni saqlab qolish muhim. “Milan” bilan o‘yinda nimadir qo‘shishimiz kerak edi va buni uddalay oldik. Omad va omadsizlik haqida ko‘p gapiramiz. Biz o‘z harakatlarimiz bilan omadsizlikni o‘zgartirib yuborishimiz muhim. Xuddi “Milan” bilan bo‘lgan o‘yindagi kabi boshqacha tarzda harakat qilish lozim. Bo‘lajak uchrashuvdagi raqibimiz juda kuchli. O‘tgan turda ular Rimda “Latsio”ga qarshi zo‘r o‘ynab, durang qayd etdi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi