U-20 JCH—2023. O‘zbekiston yoshlari bugun Yangi Zelandiyaga qarshi o‘ynaydi

U-20 JCH—2023. O‘zbekiston yoshlari bugun Yangi Zelandiyaga qarshi o‘ynaydi
U-20 JCH—2023. O‘zbekiston yoshlari bugun Yangi Zelandiyaga qarshi o‘ynaydi
Foto: O‘FA

Argentina mezbonligida o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati 2-tur bahslari 23-may, seshanba kuni start oladi.

A guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 2-turda Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushadi. Argentina esa Gvatemala bilan o‘ynaydi.

1-turda Ravshan Haydarov shogirdlari musobaqa mezboni Argentinaga yutqazib qo‘ygandi (1:2). Yangi Zelandiya esa Gvatemaladan ustun kelgan (1:0).

O‘zbekiston ishtirokidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi. Uchrashuvni O‘zbekiston hududida UzReport telekanalida tomosha qilish mumkin.

Shuningdek, 24-mayga o‘tar kechasi B guruhidagi o‘yinlar ham o‘tkaziladi.


U-20 JCH—2023

23/24-may

A guruhi

  • O‘zbekiston — Yangi Zelandiya 23:00
  • Argentina — Gvatemala 02:00

B guruhi

  • AQSH — Fiji 23:00
  • Ekvador — Slovakiya 02:00
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar