Ispaniya termasi Turkiyaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi


Yevro-2016 musobaqasining guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Ispaniya hamda Turkiya klublari o‘rtasidagi uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Bu haqda "Fut.uz" xabar berdi.
Unda 3:0 hisobi qayd etilib, ispanlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Morata ikkita gol urib, dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir gol Nolito hisobiga yozildi. Mazkur g‘alabadan keyin Ispaniyaning ochkolari soni 6taga yetdi va amalda keyingi bosqich maslasini hal qildi.
Yevro-2016, "E" guruhi
Ispaniya – Turkiya 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 34 Morata, 2:0 – 37 Nolito, 3:0 – 48 Morata.
Ispaniya – De Xea, Pike, Alba (Aspilikueta, 81), Xuanfran, Ramos, Inyesta, Buskets, Silva (Soriano, 64), Fabregas (Koke, 71), Nolito, Morata.
Turkiya – Bobojon, Bolta, Erkin, Genyul, Inan (Malli, 70), Oz’yakup (Shaxan, 62), Topal, Turan, Tufan, Chalxanoglu (Shaxin, 46), Yilmaz.
Ogohlantirishlar: Ramos (1), Yilmaz (9), Tufan (40).































Izohlar 0
…