
Foto: Al Ittihod
Saudiya Arabistoni chempionatida 29-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Nunu Eshpiritu boshqaruvidagi «Al Ittihod» (69) yirik hisobda g‘alaba qozonib, 9-bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Jamoa so‘nggi bor 2009 yili g‘olib bo‘lgandi.
Ronaldu to‘liq o‘ynagan, Masharipov qaydnomaga kiritilmagan bahsda «An Nasr» (64) «Al Ittifoq» (34, 10-pog‘ona) bilan durang qayd etdi va ligani 2-o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi.
So‘nggi tur oldidan «Al Hilol» (56) uchinchi, «Ash Shabob» (53) to‘rtinchi pog‘onani egallab turibdi.
Saudiya chempionati. 29-tur. 27 may
Al Feyha — Al Ittihod 0:3
Gollar: Sharahili (3), Romarino (45+1, 86).
Al Ittifoq — An Nasr 1:1
Gollar: Niakate (43) — Gustavo (56).
Abha — Al Hilol 0:3
Gollar: Al Qahtoni (11), Igalo (44), Al Hamdan (87).
Ash Shabob — At Ta’avun 0:3
Gollar: Tavamba (34), Nasr (54), Flavio (59).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar