Coca-Cola Superligv 12-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Olimpik” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ikkala jamoa ham yaxshi harakat qildi. Bugun futbol uchun ajoyib muhit bo‘ldi. Stadionga kelgan tomoshabinlar ham yaxshi futbol guvohi bo‘lishdi. Bugun mag‘lubiyatga uchradik, ammo ijobiy jihatlar ham yo‘q emas.
Bu mavsum qiyin bo‘lishini bilar edik. Qolaversa, o‘zgarishlar ham ko‘p bo‘ldi. Bizga biroz vaqt kerak. Mening asosiy vazifam yigitlarning o‘yinini kuchaytirib borish. O‘tgan mavsum ham ko‘p durang o‘ynagan va birinchi davrani yaxshi o‘tkaza olmagan edik. Shunga qaramasdan ikkinchi davrada kerakli ochkolarni qo‘lga kirita olgan edik.
Bizning asosiy vazifamiz olimpiada va keyingi sikl uchun 2005 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat farm jamoamiz yig‘ish. Bizdan so‘ng ular davom ettirishadi.
O‘zbekiston kubogida “Andijon” bilan guruhdan chiqish uchun kurash olib boryapmiz. 3-turda “Navbahor” bilan bahs olib boramiz. Bizga g‘alaba zarur va munosib yigitlar maydonga chiqishadi. Qisqa vaqt davomida kuchli jamoa bilan ikki marta o‘ynash qiyin. Ammo, buni ham o‘ziga yarasha yaxshi jihatlari bor.
U20 terma jamoamiz safidagi Abbos Fayzullayev bizning jamoada ham ishtirok etganidan xabaringiz bor. Jamoa tarkibidagi himoyachilar, yarim himoyachilarni ham ko‘z ostimizga olib qo‘yganmiz. Ularni tarkibga jalb qilmoqchi edim. Biroq u vaqtda yoshlar termamiz Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. JCH yakulangach, munosiblarini tarkibga qo‘shamiz”, – dedi Kapadze.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi