Lionel Messiga faoliyatini davom ettirish uchun zo‘r variant chiqdi

Lionel Messiga faoliyatini davom ettirish uchun zo‘r variant chiqdi
Lionel Messiga faoliyatini davom ettirish uchun zo‘r variant chiqdi
PSJ bilan amaldagi shartnomasi bir necha kundan keyin yakunlanadigan Lionel Messi faoliyatini jahonning eng kuchli ligasi hisoblangan Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
 
Ole nashrining ma’lum qilishicha, argentinalik jahon chempioni so‘nggi kunlarda bir necha klubdan taklif olgan.
 
Ma’lumotlarga qaraganda, Angliyaning bir necha grand klublari Messiga ish taklif qilishga tayyor. Hozircha ularning nomiga aniqlik kiritilgani yo‘q.
 
Bundan tashqari, PSJ hali ham yangi bitimdan umidini uzgani yo‘q. “Barselona” o‘z tarbiyalanuvchisini qaytarish yo‘lini qidirmoqda.
 
Shuningdek, “Inter Mayami” va “Al-Hilol” Messiga Yevropa futbolidan ketib, o‘z qit’alariga ko‘chib o‘tishni taklif qilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar