U-20 jahon chempionati nimchorak finali doirasidagi O‘zbekiston — Isroil uchrashuvidan so‘ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o‘z fikrini bildirdi.
"Afsuski, alamli mag‘lubiyatga uchradik. O‘yinni yomon o‘tqazmadik. Raqib bilan tengma-teng o‘yin namoyish etdik. Vaqti-vaqti bilan ustunlikka ham erishdik. Hatto gol urdik. Darvoza to‘sinini nishonga oldik. Bugun bizning kunimiz emas ekan. Bunday o‘yinda tizginni ushlab turish qiyin. Umarali Rahmonaliyevning maydonda yo‘qligi bilinib qoldi. Birinchi bo‘limda ortiqcha kuch sarf qilib yubordik. Shu bois, o‘yinni zaxira futbolchilari bilan kuchaytirishga harakat qildik. Afsuski, o‘yin so‘ngida raqib jamoa bosimni kuchaytirdi. Xatolar yuzaga keldi va standartdan gol o‘tkazib yubordik. Bu juda alamli mag‘lubiyat.
O‘yin davomida hujumchilar tetik harakat qilishdi, ammo boshqalar jismoniy tarafdan qarshilik ko‘rsatishga qiynaldi. Shu bois, pozitsion uslubni afzal ko‘rdik. Faqatgina qo‘shimcha bo‘limlar to‘g‘risida o‘ylab qolganimiz yo‘q. Qarshi hujumlar tashkillashtirishni maqsad qilgandik.
Bu kabi musobaqalar taqvimini belgilash bizning qo‘limizda emas. Turnirga tayyorlanish uchun qancha uzoq muddat bo‘lsa, shuncha yaxshi. Bu yoshdagi yigitlarning ruhiyati o‘zgaruvchan. Mag‘lubiyatni ham, g‘alabani ham to‘g‘ri qabul qilish kerak. Biz bu jabhada ham harakat qildik. Ehtimol, yigitlar o‘ziga bo‘lgan talabni kamaytirgandir.
Bu o‘zaro suhbat yoki mashg‘ulotlarda ko‘zga tashlanmasa ham, mana shunday katta o‘yinlarda bilinib qoladi. O‘ylaymanki, jahon chempionati jamoa uchun katta maktab vazifasini bajaradi. Jamoaning kelajagi bor. Ushbu natijalar ularning karerasining mustahkam bo‘lishiga xizmat qilishi kerak. Yigitlar hali yosh, ularni hali boshqa musobaqalar kutib turibdi.
Ne’matjonov jarohat oldi, shu bois almashtirildi. U maydonda o‘z imkoniyatini ko‘rsatishga harakat qildi. Xoldorxonov ham shunday og‘ir uchrashuvda imkoni boricha harakat qildi. Futbolchilarga ba’zi vaziyatlarda biroz tajriba yetishmadi. Har bir o‘yinchida rivojlanish jarayoni turlicha bo‘ladi. Bunday turnirlar esa ular uchun imkoniyat sanaladi", dedi yoshlar terma jamoamiz ustozi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi