277
Ro‘ziqul Berdiyev: "Mash’al" - "Nasaf" uchrashuvini oldin haqiqiy derbi, deb maqtana olar edik"
O‘zbekiston kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Nasaf" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘yinning tempi va tezligi unchalik yuqori bo‘lmadi. Lekin ikki jamoaning ham asosiy vazifasi natija edi, biz buni uddaladik. Vaziyatlarni ko‘p deyish qiyin. Muhimi hisobni ham, o‘yinni ham nazorat qilib turgan edik. Istagan vaqtimizda qo‘shishimiz mumkin. Yigitlarga natija va keyingi bosqichiga yo‘llanma olishni ko‘rsatma bergandik.
- Husniddin Aliqulov haqida
- Uni kichik jarohati bezovta qilayotgandi. Shu bois terma jamoaga ham chaqirilgani yo‘q. Bir haftacha vaqt kerak bo‘ladi. Terma jamoa ham davolanishga ruxsat bergan. Bugun Aliqulovdan tashqari Abduvohid, Javohir, Jo‘rabekka dam berishga qaror qildik. Rotatsiya bilan o‘zgarishlar qildik.
- Doniyor Narzullayev ko‘rinish berdi. Stanoyevich ham qaytmoqda. Stanoyevich qachondan asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin?
- Bu ikki futbolchining tajribasi bor, talab va ko‘rsatmalarimizni bilishadi. Marko yaqindan kelib qo‘shildi. Bizni quvontiradigan jihati jarohatiga qaramasdan mashg‘ulotlarga tezda kirishib ketdi. Bu uning ruhiy tomonlama tetikligidan dalolat. OKMK bilan o‘yingacha ham oz foizda bo‘lsada qaytishiga umid qilamiz. Doniyorda ham shunday holat. U ham bugun 10 daqiqa o‘ynagan bo‘lsa ham, yaxshi kirishib keta oldi. Jamoaning hujumlarida faol bo‘ldi. Ko‘proq futbolchilarga ega bo‘lsak yanada yaxshi.
- Aziz Xolmurodovda Zafar Xolmurodov kabi intilish, ishtiyoqi qanday?
- Otasi darajasida nimadir borligini ko‘rmayapman. Ba’zi bir o‘yinlarga jalb qilamiz, o‘ziga ishonchsiz harakat qiladi. Buni yashirmaymiz, o‘ziga ham aytganmiz. Lekin uni potensiali bor. Siz ham, men ham yaxshi bilaman bosh bilan o‘ynashda otasini yaqiniga ham kelmaydi.
- Siz to‘p tepgan va hozirgi davrdagi "Mash’al" - "Nasaf" uchrashuvining farqi nimada?
- Yomon tomoni "Mash’al"ning Pro ligada o‘ynayotgani. Biz ular bilan doim Superligada o‘ynardik. Keskinlik yuqori chiqardi. Haqiqiy derbi deb maqtasak bo‘lar edi. Hozirgi o‘yinni darajasini ko‘rdinglar. "Mash’al" jamoasiga oldidagi maqsadiga erishishida omad tilaymiz. Qashqadaryodan 3ta jamoasi bor, ularning 2tasi Superligada bo‘lsa o‘yinlar ko‘payardi, muxlislar ham qiziqardi.
- G‘uzordagi uchrashuvlarda ko‘p ko‘rinish bermoqdasiz. Bu nima bilan bog‘liq?
- U yerda ham ayrim o‘yinchilarimiz bor. Imkoniyatimiz bo‘lganida albatta borib ko‘ramiz. Masofamiz yaqin. "Mash’al"da ham, "Sho‘rtan"da ham akademiyamizni tamomlagan futbolchilar bor. Imkon borida foydalanib yigitlarni nazorat qilib boramiz.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi