
Saudiya Arabistoni delegatsiyasi argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan shartnoma imzolashni yakunlash uchun Parijga yetib keldi, deb xabar berdi jurnalist Matteo Moretto.
Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni delegatsiyasi allaqachon Parijda va ular barchasiga ishonmoqda. Delegatsiya yaqin 48 soat ichida Messi bilan shartnomani yakunlashga umid qilmoqda.
Oldinroq “Inter Mayami” argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqqani xabar qilingandi. Shuningdek, Messining faoliyatini davom ettirishning mumkin bo‘lgan variantlari orasida “Barselona”ga qaytish ham bor.
Eslatib o‘tamiz, Messi ikki yillik faoliyatidan so‘ng PSJni tark etgandi. U yakunlangan mavsumda barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda qatnashib, 21 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Saudiya ArabistoniLionel MessiParijga Yetib KeldiShartnoma ImzolashInter MayamiBarselona Qaytish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar