UEFA EChLning o‘tgan mavsumida urilgan eng chiroyli golni tanladi

«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning EChL chorak finali doirasida «Roma» darvozasiga urgan goli 2015/16 yili Evropa chempionlar ligasining eng yaxshi goli deb topildi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar tarqatgan, deyiladi "Kun" nashrida.
Portugaliyalik futbolchining goli uchun so‘rovnomada 36 foiz kishi ovoz bergan. U o‘sha o‘yinning 57-daqiqasida rimliklar sardori Alessandro Florensini ortda qoldirib, darvozaning yuqori chap burchagini aniq nishonga olgandi. Bu Ronaldu uchun EChLdagi 89-goliga aylangandi.
Madridliklar jamoasi yakunlangan mavsumda EChL g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Finalda Mardidning yana bir jamoasi «Atletiko» penaltilar seriyasiga ko‘ra 5:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratildi. Ronaldu jamoaning 12 uchrashuvida maydonga tushib, 16ta gol urdi va turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing