Foto: Getty Images
Saudiya Arabistonida futbol klublarini xususiylashtirish loyihasi amalga kiritildi. Bu haqda mamlakat axborot agentligi xabar berdi.
Saudiya Arabistonida sportni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan Vision 2030 loyihasi doirasida mamlakat shahzodasi Muhammad ibn Salmon sport klublarini xususiylashtirish va sarmoya kiritish bo‘yicha loyihani ishga tushirdi.
Qayd etilishicha, loyiha hozirgi bosqichda ikki yo‘nalishdan iborat hisoblanadi. Birinchi yo‘nalish sport klublarining egalik huquqini davlatdan yirik kompaniyalarga o‘tkazish evaziga sarmoya kiritish imkonini beradi. Ikkinchi yo‘nalishga ko‘ra, 2023 yilning oxiridan boshlab bir qator sport klublarini xususiylashtirish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sport sohasiga sarmoya kiritish imkoniyatlarini oshirish, shuningdek, klublarning raqobatbardoshligi va infratuzilmasi sifatini oshirish loyihaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Bundan tashqari loyiha sababli mamlakatda futbolni rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirish kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, bu Saudiya Arabistoni chempionatini dunyoning top-10 ligalari qatoriga kiritish imkonini beradi.
Saudiya Arabistoni chempionatining daromadi yiliga 450 million riyoldan (112 million yevro) 1,8 milliarddan ko‘proq riyolga (450 million yevro) oshishi, shuningdek, liga qiymati uch milliard riyoldan sakkiz milliard riyoldan ko‘prog‘ga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Angliyaning “Nyukasl” klubiga egalik qiluvchi Public Investment Fund fondi o‘zining rasmiy Twitter sahifasida Saudiya Arabistonining to‘rt yetakchi klubini sotib olganini e’lon qildi. “Al-Ittihod”, “Al-Ahli”, “An-Nassr” va “Al-Hilol” klublari fond tasarrufiga o‘tdi. Ularning har birida PIF’ning ulushi 75% ni tashkil etadi.
Foto: Twitter/@PIF_en
Avvalroq “Real Madrid”ni tark etgan fransiyalik futbolchi Karim Benzema Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi safiga o‘tgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Luka Modrich va Lionel Messi Saudiya jamoalaridan takliflar bo‘lgandi. Krishtianu Ronaldu harakat qiladigan “Al-Nassr” jamoasi murabbiy Zinedin Zidanga 150 million yevrolik taklif bilan chiqqandi, biroq fransiyalik mutaxassis buni rad etgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin