23:44 / 07.06.2023
406

“Real”ga Benzemaday zo‘r to‘purar kelmoqda

“Real”ga Benzemaday zo‘r to‘purar kelmoqda
“Real” jamoani tark etgan Karim Benzema o‘rniga Angliyaning bugungi kundagi eng zo‘r hujumchisi Harri Keynni oladigan bo‘lyapti.
 
Marca nashrning ta’kidlashicha, Harri Keyn “Real”ga ko‘chib o‘tishga rozilik bergan. Shu o‘rinda, madridliklar anchadan beri “Tottenxem” yulduzini o‘z safiga chorlab kelayotgan edi.
 
Marca nashri jurnalistlari “Tottexem” bilan yana bir yillik shartnomasi qolgan to‘purarning transferi madridliklarga 80 million yevroga tushishi mumkinligini yozmoqda.
 
Keynning o‘zi sovrinlar uchun kurashadigan klublarga o‘tmoqchi. Unga “Manchester Yunayted” taklif yuborgan. “Tottenxem” xo‘jayini Daniel Levi eng zo‘r futbolchisi raqib jamoaga o‘tib ketmasligi uchun uni Angliyadan tashqariga sotib yuborishi kutilyapti.
 
Harri Keyn ancha murakkab sanalgan Angliya futbolida klublar miqyosida 514 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini 307 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 80 ta golli pas uzatgan.
 
Karim Benzema esa, faoliyatini ancha erta boshlagan va 796 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 420 ta gol va 192 ta assist yozdirib qo‘ygan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real”ga Benzemaday zo‘r to‘purar kelmoqda
ePN