06:33 / 08.06.2023
375

Boks Parij-2024 olimpiadasi dasturida qoldirilishi mumkin

Boks Parij-2024 olimpiadasi dasturida qoldirilishi mumkin
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ijroqo‘mi Xalqaro boks assotsiatsiyasini (XBA) tan olish haqidagi qarorni bekor qilishni tavsiya etdi.
 
Mazkur tavsiya 22 iyun kuni XOQ tomonidan tashkil etiladigan navbatdan tashqari yig‘ilishda ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, 2024 yilgi Parij Olimpiadasida bokschilarning ishtiroki bilan bog‘liq masala ham ko‘rib chiqiladi. XOQ ijro qo‘mitasi boksni dasturda qoldirishni tavsiya qilgan.
 
Bu yangilik XOQ va XBA o‘rtasidagi uzoq yillik ziddiyat avjiga chiqqanini bildiradi.
 
So‘nggi o‘n yillik oxiridan beri XOQ va XBA qarama-qarshilik holatida bo‘lib, ilgari XBA boks bo‘yicha Olimpiya turnirlarini tashkil etishdan mahrum qilingan edi. XOQ uni tashkilotchilik va hakamlikdagi korrupsiya, shuningdek, moliyaviy faoliyati shaffof emasligida ayblab kelmoqda. Rossiyalik Umar Kremlyovning federatsiya prezidenti etib saylanishi va «Gazprom» homiyligida moliyaviy muammolarning hal etilishi ham XOQ pozitsiyasini yumshata olmadi.
 
Ziddiyat Ukraina bosqini boshlanganidan keyin ayniqsa keskin bosqichga o‘tdi. O‘tgan yil bahorda XOQ xalqaro sport federatsiyalariga rossiyaliklarni musobaqalarda qatnashishdan chetlatishni tavsiya qildi, ularning aksariyati buni bajardi. Biroq, 2022 yil kuzida XBA ushbu taqiqni bekor qildi va Rossiya bilan Belarus sportchilariga o‘z bayrog‘i ostida musobaqalarda qatnashishga ruxsat berdi. Bu 17 ta davlat, jumladan, AQSH va Buyuk Britaniya kabi boksda yetakchi rol o‘ynaydigan davlatlar tomonidan Toshkentdagi jahon chempionatining boykot qilinishiga olib keldi. Ular XBA tarkibidan chiqib, muqobil World Boxing federatsiyasiga asos solishdi.
 
O‘z navbatida XBA dunyo boksida bo‘linish yuzaga kelmasligi va MOQ bilan munosabatlarni yaxshilashga astoydil urinmoqda. Yaqinda tashkilot o‘z huquqlarini tiklash bo‘yicha MOQ tomonidan qo‘yilgan barcha talablar bajarilgani haqida xabar berdi. Ulardan asosiysi - boshqaruv va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, shuningdek, hakamlik muammosini hal qilish. XBA shuningdek, «Gazprom» bilan 2022 yilda tugagan shartnomani yangilamaganini va o‘z daromadi manbalarini diversifikatsiya qilganini tasdiqladi.
 
Agar XOQ sessiyasi Xalqaro boks assotsiatsiyasini tan olish haqidagi qarorni bekor qilsa, uning o‘rnini World Boxing egallashi va 2024 yilgi olimpiadada ushbu federatsiya vakillari ishtirok etishi ehtimoli bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks Parij-2024 olimpiadasi dasturida qoldirilishi mumkin