Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining finalida “Manchester Siti” va “Inter” jamoalari 10 iyun, shanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 36-daqiqada “shaharliklar”ning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lgan Kevin de Bryuyne jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o‘rnini Fil Foden egalladi. Ikkinchi bo‘limda ingliz jamoasi faollikni oshirdi va 68-daqiqada hisobni ochdi. Rodri o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Ushbu gol o‘yinda yagonaligicha qoldi va Pep Gvardiola shogirdlari 2022/23 yilgi mavsum Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi. Qayd etib o‘tish joiz, “Manchester Siti” o‘z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritdi.
“Manchester Siti” (Angliya) – “Inter” (Italiya) 1:0
Gol: 1:0 – 68 Rodri.
“Manchester Siti”: Ederson, Ake, Ruben Diash, Akanji, Stounz (Uoker, 82), Gundo‘g‘an, de Bryuyne (Foden, 36), Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Holand.
“Inter”: Onana, Dumfris (Bellanova, 76), Darmian (D'Ambrozio, 84), Acherbi, Bastoni (Gozens, 76), Dimarko, Brozovich, Chalhano‘g‘lu (Mxitaryan, 84), Barella, Jeko (Lukaku, 57), Martines.
Ogohlantirishlar: Barella (59), Lukaku (83), Onana (90), Holand (90).
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?