20:40 / 13.06.2023
772

Eldor Shomurodov: "Spetsiya"dan keyingi manzil? Hozir faqat bir narsani aniq ayta olaman..."

Eldor Shomurodov: "Spetsiya"dan keyingi manzil? Hozir faqat bir narsani aniq ayta olaman..."
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkmaniston bilan uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoaning bugungi mashg‘ulotida Eldor Shomurodov ishtirok etdi.
 
O‘tgan mavsumni "Roma" va "Spetsiya" safida o‘tkazgan hujumchi keyingi rejalari va oldindagi bahs haqida fikrlarini bildirdi. Ma’lumot uchun, hujumchi "Spetsiya" - "Verona" uchrashuvi sabab O‘monga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborgan edi.
 
"Kayfiyatlar yaxshi, hammasi joyida. Terma jamoamiz musobaqani yaxshi boshladi. Endilikda keyingi o‘yinga tayyorgarlikni olib bormoqdamiz",- deydi Eldor Shomurodov.
 
- "Spetsiya"dan keyingi rejalaringiz qanday? Yo‘nalishingizni o‘zgartirasizmi? Manzil qayer Osiyo yoki Yevropa?
- Hozir faqat bir narsani aniq aytishim mumkin, barcha ta’tilga chiqqan. Ta’tildan so‘ng "Roma"ga qaytaman. Klub bilan shartnomam bor.
 
- "Roma"ga qachon qaytasiz?
- Hali aniq emas. Iyul oyining 10 sanalariga bo‘lsa kerak.
 
- "Roma"da yarim mavsum kamroq, "Spetsiya"da esa ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldingiz. Qaysi biri foydaliroq bo‘ldi?
- Ikkisining ham o‘z o‘rni bor. "Roma"dagi mashg‘ulotlarda olib qaraganda, dunyodagi eng kuchli futbolchilar bilan shug‘ullanib tajriba olasiz. Lekin futbolchiga baribir o‘yin amaliyoti kerak. "Spetsiya"da yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldim, deb o‘ylayman.
 
- Hozirgi kunda o‘z ustingizda qanchalik ishlamoqdasiz va yana nimalarni o‘zingizga qabul qilishingiz kerak?
- Futbolchi nimagadir erishdim va men futbolni yuz foiz tushunaman, deb o‘ylasa futbolni tugatsa ham bo‘laveradi. Menda unday fikr yo‘q. Hozir vazifam faqat o‘z ishimni qilish, o‘rganish, o‘sishdan iborat. Qolganini xudo xohlasa kelajakda ko‘ramiz.
 
- O‘mon bilan o‘yinda O‘zbekiston ancha vaqtdan so‘ng Eldor Shomurodovsiz o‘ynadi. O‘yinni ko‘rgan bo‘lsangiz bu jarayonga fikringizni ayta olasizmi?
- O‘zbekiston ajoyib o‘yin o‘tkazdi, bu hisobda ham aks etdi. Terma jamoada chiroyli o‘yin ko‘rsatib g‘alabaga erishish eng katta niyatimiz. Mashg‘ulotlarda qatnashayotgan yoshlarga kelsak, albatta ularga qo‘ldan kelgancha o‘rgatib qo‘llab-quvvatlaymiz.
 
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov: "Spetsiya"dan keyingi manzil? Hozir faqat bir narsani aniq ayta olaman..."
ePN