"CAFA Nation's Cup" turniri guruh bosqichidan o‘rin olgan o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Turkmanistonni ishonchli 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston termasi yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich ishtirok etdi.
"Birinchi navbatda, Katanetsda muammo borligi haqida gapirmoqchiman. Uning ketishiga aniq nima sabab ekanini bilmadim. Balki oilaviy, balki sog‘liq bilan bog‘liq muammo bo‘lgandir.
O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, biz gol urib olishimiz muhim edi. Birinchi taymda buni eplay olmadik. Ammo ikkinchi bo‘limda o‘zgarishlar sabab maqsadimizga yetishdik.
Bunday turnirlar paytida ko‘plab o‘yin o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Bu o‘ylanganidek oson emas. Ayniqsa, hozirgi sharoitda. Issiq ham jamoaning har bir a’zosiga ta’sir o‘tkazmasdan qolmadi.
Abbos va Abduqodir kabi futbolchilarga imkon berilishi kerak. Ularda salohiyat borligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Keyingi o‘yinlarda ularga yana imkon yaratishni maqsad qilganmiz.
Bugun tarkibda ko‘plab o‘zgarishlarga qo‘l urdik. Bu Katanes bilan birgalikda qilingan qarorlar majmui edi", - dedi mutaxassis.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi