date

Mbappe Ronaldu va Messi haqida o‘tkir gaplarni aytdi

Mbappe Ronaldu va Messi haqida o‘tkir gaplarni aytdi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Yevropa futbolini tark etgan ikki buyuk to‘purar – Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
 
- Hamma narsani boricha qabul qilish kerak. Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu kabi yuksak darajani uzoq muddat ushlab turadigan o‘yinchilar 50 yilda bir kelsa kerak. Biz ajoyib davrga guvoh bo‘ldik. Muxlislar ulardan mamnun bo‘lsa kerak.
 
Men Ronalduga qarshi o‘ynash baxtiga muyassar bo‘ldim. Keyin Leo bilan birga o‘ynadim. Ular haqiqatan o‘zgacha yigitlar.
 
Men oxirgi ikki yilda Messidan juda ko‘p narsa o‘rgandim. Bu ikkisi futbol tarixida o‘chmas iz qoldirgan yulduzlardir, - dedi Kilian Mbappe.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mbappe Ronaldu va Messi haqida o‘tkir gaplarni aytdi