00:43 / 20.06.2023
797

Shomurodov boshqacha o‘ynaydi!

Shomurodov boshqacha o‘ynaydi!
“Spetsiya” mavsuv yakuniga ko‘ra, A Seriyadan tushib ketgan bo‘lsa-da, klub matbuot xizmati o‘z mamlakatlari terma jamoalaridan chaqiruv olgan futbolchilarning xalqaro faoliyatini kuzatib bormoqda.
 
Xususan, Eldor Shomurodov endi “Spetsiya” libosida qayta maydonga tushmasa-da, klub ijara shartnomasi 30 iyungacha davom etishini ionobatga olib, legionerimiz faoliyatiga oid yangiliklarni ham yoritib boryapti.
 
“Spetsiya”ning bir necha futbolchisi o‘z yurti terma jamoalari o‘yiniga jalb qilindi. Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yanvarda olib kelingan hujumchi Raymond Krollis Latviya terma jamoasi safida Turkiya futbolchilariga qarshi bir necha daqiqa o‘ynadi. “Yevro-2024” saralash turniri doirasidagi ushbu gollarga boy bo‘lgan o‘yin 3:2 hisobida turklar foydasiga hal bo‘ldi.
 
Qit’a chempionatining saralash turniri Itan Ampadu 90 daqiqa harakat keilgan Uels futbolchilari uchun ham omadsiz yakunlandi. Uelsliklar o‘z maydonida Armanistonga 2:4 hisobida yutqazib qo‘ydi.
 
Liguriya klubi vakillari Pshemislav Vishnevski va darvozabon Bartlomey Drogovski zaxirada qoldirilgan bellashuvda Polsha terma jamoasi  Germaniya futbolchilarini dog‘da qoldirdi. Yagona gol “Spetsiya”ning sobiq futbolchisi Yakub Kivior hisobiga yozildi. Qizig‘i shundaki, Kivior Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tgunga qadar “Spetsiya”da 14-raqamda to‘p tepgan. Eldor Shomurodov yanvarda jamoa safiga qo‘shilganda unga Kiviordan bo‘shagan raqam berilgan.
 
Klub sayti Eldor Shomurodov Turkmaniston va Tojikiston terma jamoalariga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlar uchta gol urganini yozdi.
 
Yana bir nufuzli manba – calciospezia.it  sayti Eldor Shomurodovning O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida boshqacha o‘ynashiga e’tibor qaratdi.
 
Sayt jurnalisti Gvido Lorenselli “Spetsiya”da 17 ta uchrashuvda bitta gol urgan o‘zbek hujumchisining terma jamoadagi samaradorligi yuqori ekanini alohida ta’kidladi.
 
Shomurodov terma jamoada umuman boshqa futbolchiga aylanadi. Turkmaniston terma jamoasi darvozasiga kiritgan dublidan keyin “o‘zbek Messi”si Tojikiston posbonini ojiz qoldirib, terma jamoasining 5:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
 
E’tibor bering, Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasi libosida “Spetsiya”dagidan umuman boshqacha o‘ynaydi, - deb yozdi Gvido Lorenselli.
 
Eldor Shomurodov Toshkent va Bishkek shaharlari mezbonlik qilayotgan yangi musobaqa – "CAFA Nation's Cup" turnirida ikkita uchrashuvda uchta gol urganidan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi eng zo‘r to‘purarga aylandi.
 
Hozirgacha 27 yoshli forvard 64 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 37 marotaba ishg‘ol qilgan.
 
Endi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 20 iyun kuni "CAFA Nation's Cup" turniri finalida Eron futbolchilari bilan kuch sinashadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov boshqacha o‘ynaydi!