22:50 / 20.06.2023
283

CAFA Nations Cup—2023. O‘zbekiston terma jamoasi finalda Eronga mag‘lub bo‘ldi

CAFA Nations Cup—2023. O‘zbekiston terma jamoasi finalda Eronga mag‘lub bo‘ldi
Foto: O‘FA
Futbol bo‘yicha CAFA Nations Cup—2023 finalida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 20 iyun, seshanba kuni Eronga qarshi bahs olib bordi.
 
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘limning boshidayoq hisob ochildi. Eronlik futbolchi Sardor Azmun O‘tkir Yusupov darvozasini ishg‘ol qildi. 90-daqiqada esa eronlik Muhammad Kanani qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Uchrashuvda boshqa gol urilmadi va Eron 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
 
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi CAFA Nations Cup—2023 musobaqasini ikkinchi o‘rin bilan yakunladi. Eron esa ilk bor o‘tkazilayotgan musobaqa g‘olibiga aylandi.
 
3-o‘rin uchun bahsda Ummon terma jamoasi Qirg‘izistonni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.


CAFA Nations Cup—2023
Final
20 iyun, seshanba
 
O‘zbekiston – Eron 0:1
Gol: 0:1 — 47 Azmun
O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 2. Hojiakbar Alijonov, 4. Farruh Sayfiyev, 7. Otabek Shukurov, 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (26. Abbosbek Fayzullayev, 71), 11. Oston O‘runov, 13. Sherzod Nasrullayev (25. Hojimat Erkinov, 78), 14. Eldor Shomurodov, 15. Umar Eshmurodov, 18. Abdulla Abdullayev.
Eron: 1. Alirizo Beyranvand (12. Said Niyozmand, 11), 3. Exson Xoji Safi, 6. Said Izzatullohi, 8. Murtazo Puraliganji, 9. Mehdi Taremi, 13. Muhammad Kanani, 15. Ruzbeh Cheshmi, 17. Mehdi Gaedi (11. Vohid Amiri, 46), 18. Muhammad Muhebbi, 20. Sardor Azmun (5. Said Karimi, 75), 23. Ramin Rezaiyan.
Ogohlantirishlar: Odil Hamrobekov (39), Mehdi Taremi (42), Ramin Rezaiyan (89), Muhammad Kanani (90).
Chetlatish: Muhammad Kanani (90).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » CAFA Nations Cup—2023. O‘zbekiston terma jamoasi finalda Eronga mag‘lub bo‘ldi
ePN