Amerika Kubogi o‘yinida maydonga chiqib kelgan muxlis Messiga ta’zim qildi (video)

Amerika Kubogi yarim finalining AQSh va Argentina (0:4) terma jamoalari o‘yinida muxlislardan biri maydonga chiqib keldi. Bunga qanday muvaffaq bo‘lgani va uni nega hech kim to‘xtatmagani ma’lum emas, deya xabar beradi «Stadion.uz».
Muxlis ushbu o‘yinda Argentina terma jamoasida urilgan gollar soni bo‘yicha rekordni yangilashga erishgan Lionel Messiga yaqinlashdi va undan dastxat so‘radi. Messi bunga xotirjam munosabatda bo‘ldi va muxlisning futbolkasiga dastxat tushirib berdi. Erkak esa istagi amalga oshgach tiz cho‘kdi va futbolchiga ta’zim qila boshladi.
Messining bunday izzat-ikromdan xijolat tortayotgani yuzidan bilinib turardi. U muxlis tomon egildi, shundan so‘ng erkak turib, Lionelni bag‘riga bosdi.
[media=https://youtu.be/zc2yTR29brI]
Eslatib o‘tamiz, AQShga qarshi o‘yinda kiritilgan gol orqali Lionel Messi Argentina termasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanib oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing