
Saudiya Arabistoni U17 hamda O‘zbekiston U17 terma jamoalari o‘rtasidagi bahsdan (0:2) so‘ng mehmonlar futbolchisi Ollobergan Karimov ushbu uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"O‘zbekiston xalqini ushbu g‘alaba bilan tabriklayman. Oldinroq akalarimiz mundialga chiqish vazifasini uddalashgan edi, biz ham akalarimizga havas qilib, mundialga chiqishni niyat qilgan edik. Vazifamizni uddaladik, so‘nggi vazifamiz - Osiyo chempioni bo‘lish.
Bahs qiyin o‘tdi, yigitlarga rahmat. Bizni duo qilib turganlarga minnatdorchilik bildiraman. Gol urganimdan juda xursandman. To‘xtab qolish yo‘q" - deydi Ollobergan Karimov.
Manba: UFA
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar