
Kecha Osiyo chempionatining yarim finalchilari aniqlanganidan so‘ng Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan U-17 jahon chempionatining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi.
Osiyo: Indoneziya (mezbon), Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, O‘zbekiston.
Afrika: Burkina Faso, Mali, Marokash, Senegal.
Shimoliy Amerika: Kanada, Meksika, Panama, AQSH.
Janubiy Amerika: Argentina, Braziliya, Ekvador, Venesuela.
Okeaniya: Yangi Kaledoniya, Yangi Zelandiya.
Yevropa: Angliya, Fransiya, Germaniya, Polsha, Ispaniya.
Musobaqa 2023 yil 10 noyabr – 2 dekabr kunlari o‘tkaziladi. Qur’a tashlash marosimi avgust oyiga rejalashtirilgan.
Turnirda 24 ta jamoa 6 ta guruhga ajratiladi. 1- va 2-o‘rinni egallagan jamoalar, shuningdek, 3-o‘rinni egallagan eng yaxshi 4 ta jamoa 1/8 finalga chiqadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar