01:08 / 30.06.2023
192

Otabek Xolmatov va Ley Vud chempionlik jangi muzokaralar muddati yakunlanishiga oz qolmoqda

Otabek Xolmatov va Ley Vud chempionlik jangi muzokaralar muddati yakunlanishiga oz qolmoqda

Professional boksning yarim yengil vazn toifasida (57 kg) WBA jahon chempionlik kamari uchun hamyurtimiz Otabek Xolmatov majburiy da’vogar hisoblanadi. WBA tashkiloti ushbu vazn chempioni Ley Vud va Otabek Xolmatov jangiga rasman buyruq berib, 30 iyunga qadar muddat belgilagan edi. Ammo Vudning promouteri Eddi Hirn bu jangni tashkil etishga u qadar katta qiziqish bildirmayapti.

Matchroom kompaniyasi sentyabr oyida Vud va Josh Uorrington bahsini Angliyada tashkil qilishni rejalashtirmoqda.

Eddi Hirnning takidlashicha, agar Vud kamarini vakant qoldirsa, Matchroom'ning ushbu vazn toifasidagi 2-raqamli bokschisi Raymond Ford vakant kamar uchun Xolmatovga qarshi jang o‘tkazishi mumkin. Yoki Xolmatov biroz kutib turish taklifini qabul qilsa (mablag‘ evaziga) Vud va Ourrington bahs g‘olibiga qarshi jang kafolatlanadi.

"Bu qiyin jang. Xolmatovga qarshi bahs yaxshigina havfli. U hali ba’zi jabhalarda isbotlanmagan, ammo iste’dodli. Men buni "quruq" jang demoqchi emasman, lekin Xolmatov u qadar taniqli emas. Shuningdek, majburiy da’vogar ekan, biz u bilan hisoblashishga majburmiz, u bilan jang qilishimiz kerak", - deydi Matchroom kompaniyasi rahbari Eddi Hirn Boxing Social portaliga bergan intervyusida.

Hali Otabek Xolmatovning jamoasi bilan muzokaralar to‘liq boshlanmagan. Eddi Hird esa Xolmatov yana bitta jangga qo‘yib berib, kutib turishiga umid qilmoqda.

"Biz Xolmatovning jamoasidagilar bilan bir qancha suhbatlar o‘tkazdik. Bular hozircha besamar bo‘lib turibdi. Qarang, biz "City Ground" arenasida Vud-Ourrington jangini tashkil etmoqchimiz. Qolaversa, men ko‘p ham tilga olmaydigan jangchi ham bor. Bu WBA'da 2-raqamli Raymond Ford. Agar kamar vakant qoladigan bo‘lsa, bu kamar uchun Ford-Xolmatov to‘qnashuvi ham bo‘lishi mumkin. Men garov sifatida uyimni qo‘yishim mumkinki Ford Xolmatovni mag‘lub eta oladi", - deya qo‘shimcha qiladi u.

WBA reytingida 2-raqamli bokschi hisoblangan Raymond Ford (14-0-1, 7KO) yaxshi darajadagi, ammo mag‘lub etsa bo‘ladigan bokschi hisoblanadi. U 2021 yilda u qadar kuchli bo‘lmagan Aaron Perez bilan 8 raundli bahsda durang qayd etgan. Ikkinchi tomondan Hirn Xolmatov haqida ko‘p ma’lumotga ega emas. U nafaqat Fordning, balki amaldagi chempion Ley Vudni ham mag‘lub etib, sentyabrda reja qilingan Vud-Ourrington to‘qnashuvini "buzishi" ehtimoli katta.

Otabek Xolmatov SPORTS.uz sayti muhbiri bilan suhbatda navbatdagi jangi albatta chempionlik uchun bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan edi. Demak, Xolmatovning jamoasi Ley Vudga Ourrington bilan jang qilishiga ruxsat bermasa, katta ehtimol bilan kamar vakant qilinishi mumkin. WBA esa vakant kamarga Xolmatov va reytinggi eng yuqori bokschini jangga buyuradi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Jalol Axmedov


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Otabek Xolmatov va Ley Vud chempionlik jangi muzokaralar muddati yakunlanishiga oz qolmoqda
ePN