date

Bahodir Jalolov yangi promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi

Bahodir Jalolov yangi promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi

Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida jang qiladigan Bahodir Jalolov yangi promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.

Xususan havaskor boksda 2 karra jahon chempioni, Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov afsonaviy Bob Arumning Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda ESPN insayderi Mayk Koppinjer xabar bermoqda.

Jalolov professional yo‘nalishda 12 ta jang o‘tkazib barchasida raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan. U Lou DiBellaning DiBella Entertainment kompaniyasi bilan ishlab kelayotgan edi. Hozircha to‘liq ma’lumotlar oshkor qilinmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov yangi promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi