22:05 / 01.07.2023
153

Superliga. OKMK safarda "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etdi

Superliga. OKMK safarda "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etdi

Superliganing qoldirilgan 8-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - OKMK bahsi o‘z yakuniga yetdi. Uchrashuv mehmonlarning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, 28 daqiqada Martin Boake "So‘g‘diyona" himoyachisi Isichning jarima maydonchasi ichidagi qo‘pol xatosidan unumli foydalanib hisobni ochdi. 73 daqiqada Akrom Komilovning uzatmasidan keyin Mirjahon Mirahmadov boshi bilan aniq zarba yo‘llab, oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Hakam qo‘shib bergan 90+5 daqiqada Samandarjon Mavlonqulov gol urdi, biroq Jizzax klubiga foyda bermadi.

"So‘g‘diyona" – OKMK 1:2

Gollar: Samandarjon Mavlonqulov (Stanislav Andreyev) 90+5' – Martin Boake 28', Mirjahon Mirahmadov (Akramjon Komilov) 73'

"So‘g‘diyona": 27.Milan Mitrovich, 6.Alisher Salimov (4.Elyor Orifov, 59), 8.Iskandar Shaykulov (88.Samandarjon Mavlonqulov, 84), 9.Zenan Zaymovich, 10.Javohir Qahramonov (s), 12.Xislat Xalilov (18.Mirjalol Abdumutalov, 46), 14.Boburbek Yuldashev, 15.Tarik Isich, 22.Sanjar Shoahmedov, 28.Stanislav Andreyev, 32.Nodirjon Soyibov (7.Serder Serderov, 67).

Zaxira: 1.Shirinboy Abdullayev, 11.Jasur Hasanov, 20.Amirbek Fayziyev, 80.Samandar Sindarov, 99.Nodirjon Orziqulov.

OKMK: 1.Botirali Ergashev, 3.Sardor Rahmonov, 5.Anzur Ismoilov (s), 7.Dilshod Ahmadaliyev, 8.Abdulla Abdullayev, 10.Xurshid G‘iyosov, 15.Oybek Rustamov (4.Mirjamol Qosimov, 90), 22.Shohruh Gadoyev (19.Muhammadanas Hasanov, 53), 27.Martin Boake (14.Mirjahon Mirahmadov, 71), 29.Vitaliy Denisov (2.Akramjon Komilov, 71), 88.Siyavash Haqnazari (17.Sanjar Tursunov, 90).

Zaxira: 12.Dilshod Yoqubov, 11.Irakli Ruxadze, 13.Eldorbek Begimov, 77.Nodirbek Abdurazzoqov.

Ogohlantirishlar: Dilshod Ahmadaliyev (32), Shohruh Gadoyev (51), Mirjalol Abdumutalov (62), Xurshid G‘iyosov (69), Tarik Isich (82).


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. OKMK safarda "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etdi
ePN