22:10 / 02.07.2023
181

Superliga. "Neftchi" o‘z maydonida "Nasaf"ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

Superliga. "Neftchi" o‘z maydonida "Nasaf"ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuvda "Neftchi hamda "Nasaf" o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, 52-daqiqada Toma Tobatadze penaltidan gol urib, hisobni ochdi. 68-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Azizbek Amonov muvozanatni tikladi. 84-daqiqada Toma jarimadan gol urib, "yo‘lbarslar"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Shu tariqa, farg‘onaliklar ochkolari sonini 25 taga yetkazib olgan holda, jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

"Neftchi" – "Nasaf" 2:1

Gollar: Toma Tabatadze (penalti) 51, Aziz Amonov (G‘olib G‘aybullayev) 67, 1:1, Toma Tabatadze 83, 2:1

"Neftchi": 12. Vladimir Nazarov, 2. Zoir Jo‘raboyev, 7. Umar Adxamzoda, 8. Nurillo To‘xtasinov (9. Ulug‘bek Hoshimov, 46), 13. Lutfullo To‘rayev, 19. Mirzohid G‘ofurov (70. Abbosjon G‘ulomov,70), 20. Anvarjon G‘ofurov, 21. Muhsinjon Ubaydullayev, 22. Toma Tabatadze ( 11. Izzatilla Abdullayev, 86), 23. Diyorjon Turopov, 24. G‘ulom-Haydar Gulyamov.

Zaxiradagilar: 45. Akbar To‘rayev, 3. Nodirxon Ne’matxonov, 5. Yuriy Batyushin,  17. Abdulloh Olimov, 26. Oleksey Larin, 66. Doniyor Valiyev.

"Nasaf": 35. Abduvohid Ne’matov, 2. Alibek Davronov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 9. Javohir Sidiqov, 18. Bahrom Abdurahimov (99. Azizbek Amonov, 66), 19. Lima Kruz, 28. Shuhrat Muhammadiyev (8. Zafarmurod Abdirahmatov, 66), 34. Sherzod Nasrullayev, 77. Oybek Bozorov, 92. Umar Eshmurodov.

Zaxiradagilar: 1. Umidjon Ergashev,  15. Jo‘rabek Mannonov, 17. Suhrob Nurulloyev, 21. Doniyorjon Narzullayev, 23. Sardor Sa’dullayev, 70. Abubakr-Rizo Turdialiyev, 88. Marko Stanoyevich.

Ogohlantirish: Husniddin Aliqulov ("Nasaf") 35, Diyor Turopov ("Neftchi") 70


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Neftchi" o‘z maydonida "Nasaf"ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi
ePN