23:31 / 07.07.2023
96

Rasman: Krestinin "Bunyodkor"ning yangi bosh murabbiyi!

Rasman: Krestinin "Bunyodkor"ning yangi bosh murabbiyi!

“Bunyodkor” futbol klubi direktori Murod Aliyev qisqa vaqt ichida jamoaning kelajagi bo‘lgan akademiyada bosqichma-bosqich ko‘zga ko‘rinarli islohatlarni amalga oshirdi. Bu albatta klubning yagona ta’sischisi “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan jamoadagi vaziyatni o‘nglash bo‘yicha Murod Boqiyevichga berilgan vazifalar munosabati bilan ro‘y bermoqda.

Ma’lumki, “Bunyodkor” Superliganing birinchi davrasini ko‘ngildagidek o‘tkaza olmadi. “Qaldirg‘ochlar”ning turnir jadvalida egallab turgan o‘rni o‘ziga mos emasligi hech kimga sir emas. Bugun oldiga doimo jiddiy maqsadlarni qo‘yadigan “Bunyodkor” futbol klubi murabbiylari shtabida o‘zgarish ro‘y berdi.

Qirg‘iziston milliy terma jamoasini 2019 yilgi Osiyo Kubogida nimchorak finalga olib chiqib, mamlakat futboli tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan rossiyalik mutaxassis – Aleksandr Krestinin “Bunyodkor” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi!

Bugun tushdan so‘ng poytaxtimizga yetib kelgan Aleksandr Sergeyevich “Bunyodkor” ofisiga tashrif buyurdi va klub direktori Murod Aliyev bilan uchrashdi. Uchrashuvda jamoaning ikkinchi davraga tayyorgarlik rejasi, kelajagi va albatta shartnoma shartlari muhokama qilindi. Jumladan, yangi murabbiylar shtabi “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchilari asosida raqobatbardosh jamoa shakllantirishi ma’lum qilindi.

Jamoaga ertaga mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshlaydi. Aleksandr Sergeyevich boshchiligidagi murabbiylar shtabining tayyorgarlik rejasi tayyor va u Murod Boqiyevichga taqdim qilindi. Ta’kidlanganidek, tarkibning asosini tarbiyalanuvchilarimiz tashkil qiladi va ular asosida jamoa shakllantiriladi. Bu orqali yaqin kelajak, 2024 yilgi mavsum uchun tayyorgarlik ertadan boshlanadi.

Ma’lumot uchun
ALЕKSANDR SЕRGЕЕVICH KRЕSTININ
Tug‘ilgan sanasi: 19.09.1978 yil
Tug‘ilgan joyi: Krasnodar, Rossiya
2014-2023 yillar davomida Qirg‘iziston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan.

"Bunyodkor" matubot xizmati.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman: Krestinin "Bunyodkor"ning yangi bosh murabbiyi!