23:36 / 07.07.2023
145

Aleksandr Krestinin: "Bunyodkor"dek jamoaga bosh murabbiy bo‘lish har qanday mutaxassis uchun faxr"

Aleksandr Krestinin: "Bunyodkor"dek jamoaga bosh murabbiy bo‘lish har qanday mutaxassis uchun faxr"

Xabar berganimizdek, bugun rossiyalik mutaxassis Aleksandr Krestinin “Bunyodkor” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Tayinlovdan so‘ng “Bunyodkor” akademiyasi bilan yaqindan tanishib chiqqan Aleksandr Sergeyevich o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- “Bunyodkor”dek o‘z an’analariga, qadriyatlariga ega klubdan bo‘lgan taklifni faxr bilan qabul qildim. Chunki bu kabi jamoalarda bosh murabbiy bo‘lib faoliyat yuritish har qanday mutaxassis uchun sharaf. Shu bois muzokaralarimiz uzoqqa cho‘zilgani yo‘q.

Jamoa hozir turnir jadvalida quyi pog‘onalarda ekanligidan xabarim bor. Vaziyatni o‘rganib chiqdim, holat ko‘ngildagidek emas. Vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirish kerak, bu albatta bizdan mehnatni talab qiladi. Men va yordamchilarimga bunday holat begona emas, ko‘nikmamiz bor.

Hozirgina jamoaning o‘quv-mashg‘ulot bazasi va “Bunyodkor” akademiyasi bilan yaqindan tanishib chiqdim. Bemalol ayta olamanki, hamma klublar ham bunday sharoitlarga ega emas. Shunday ekan, natijalar ham maksimum darajada yaratib berilgan sharoitlarga mos bo‘lishi lozim".

"Bunyodkor" matbuot xizmati.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Krestinin: "Bunyodkor"dek jamoaga bosh murabbiy bo‘lish har qanday mutaxassis uchun faxr"
ePN