PSJ va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe tanqidlar ostida qolib ketdi. 24 yoshli futbolchi klubi bilan 2025 yilgacha hamkorlik qilish niyati yo‘qligini aytganidan keyin o‘rtada ziddiyat kelib chiqdi.
Kilian Mbappe o‘ziga nisbatan bo‘layotgan tanqidlarga o‘tkir javob qaytardi.
- Men bir necha yillar davomida ko‘p gol urib kelyapman. Odamlar uchun bu odatiy holga aylanib qoldi.
Biz shunaqa jamiyatda yashayapmizki, bir nima qo‘lingdan kelsa, ular “Mana shu ishingni yana bir takrorlagin”, deydigan bo‘ldi.
Shunday ekan tanqidlar meni bezovta qilmaydi, - dedi Kilian Mbappe.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar