23:26 / 09.07.2023
216

Qashqadaryolik Asila Mirzayorova jahon chempioni bo‘ldi!

Qashqadaryolik Asila Mirzayorova jahon chempioni bo‘ldi!

Xabar berganimizdek, bugun Parij shahrida para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati boshlandi. Quvonarlisi, ayollar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Asila Mirzayorova 5 metr 13 sm natija bilan eng yaxshi natijani qayd etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi hisoblangan Asila Mirzayorova jahon chempionatidagi ushbu natijasi orqali kelgusi yil Parijda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani ham qo‘lga kiritdi.

Bu para yengil atletikachilarimiz orasida Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlari uchun ilk litsenziya hisoblanadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qashqadaryolik Asila Mirzayorova jahon chempioni bo‘ldi!
ePN