O‘zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi ikkinchi davra oldidan o‘z tarkibini kuchaytirmoqchi.
Championat.asia sayti ma’lumotiga ko‘ra, polshalik tajribali hujumchi Mixal Kuxarchik tez orada Toshkentga uchib keladi va "Paxtakor" mashg‘ulotiga qo‘shiladi.
1991 yilda tug‘ilgan futbolchi "Legiya" safida 5 marta Polsha chempioni bo‘lgan va 6 marta Polsha kubogi sohibi bo‘lgan. Professional faoliyati davomida Kuxarchik 512ta o‘yinda maydonga tushgan va 125ta gol urishga erishgan. Polsha terma jamoasida 2011-2015 yillar davomida 9ta o‘yinda maydonga tushib 1ta gol urishga erishgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar