17:53 / 14.07.2023
126

“Paxtakor” polshalik futbolchi transferini e’lon qildi

“Paxtakor” polshalik futbolchi transferini e’lon qildi

Foto: “Paxtakor”

Polshalik yarim himoyachi Mixail Kuxarchik “Paxtakor” a’zosiga aylandi.

32 yoshli futbolchi “sherlar” bilan bir yarim yillik shartnomaga imzo chekdi. Mixail faoliyatining asosiy qismini Polsha klublari safida o‘tkazgan. 9 mavsum davomida “Legiya”, so‘nggi 3 mavsumda “Pogon” sharafini himoya qilgan. Bir yil esa Rossiyaning “Ural” klubida o‘ynagan.

Polsha chempionatida 5 karra chempionga aylanib, 6 martadan Polsha Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan. Yuqori ligalarda 328 ta o‘yinda 59 ta gol muallifiga aylangan. Polsha terma jamoasida esa 8 o‘yinda bitta gol urgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Paxtakor” polshalik futbolchi transferini e’lon qildi