10:23 / 15.07.2023
218

O‘zbekistonlik 5 nafar sportchining qonida taqiqlangan modda borligi aniqlandi

O‘zbekistonlik 5 nafar sportchining qonida taqiqlangan modda borligi aniqlandi

O‘zbekistonda 2023 yil boshidan shu vaqtga qadar besh nafar sportchida taqiqlangan modda borligi aniqlandi. Bu haqda Milliy antidoping agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning AdeL dasturi bo‘yicha sportchilar musobaqalarda qatnashish imkonini beruvchi dastur ishlab chiqilgan va amaliyotga kiritilgan.

O‘zbekistonda ADAMS tizimiga 321 nafar sportchilar ro‘yxatdan o‘tkazilgan va monitoring qilib borilmoqda. Sportchilarga muntazam ravishda ADAMS tizimidan foydalanish va talab qilingan ma’lumotlarni kiritish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilyapti. Joylarda, shu jumladan, viloyatlarda onlayn va oflayn treninglar tashkil qilinmoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil olti oyida jami 244 ta doping sinama olingan. Qon orqali doping sinamalari 5 ta Turkiya maxsus laboratoriyasiga tahlil uchun yuborilgan. Yil boshidan shu vaqtga qadar besh nafar sportchida taqiqlangan modda borligi aniqlangan.

May oyida “Ma’muriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi etib qayta tashkil qilingan edi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik 5 nafar sportchining qonida taqiqlangan modda borligi aniqlandi