19:09 / 15.07.2023
128

Yekaterina Voronina uch karra Osiyo chempioniga aylandi

Yekaterina Voronina uch karra Osiyo chempioniga aylandi

Foto: MOQ

Tailandda yengil atletika bo‘yicha 2023 yilgi Osiyo chempionati davom etmoqda.

15 iyul kuni ko‘pkurash yo‘nalishi bo‘yicha musobaqada O‘zbekiston vakili Yekaterina Voronina oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Sportchi 100 metrga to‘siqlar osha yugurish dasturida 14.62 soniya (892 ochko), balandlikka sakrashda 1.77 metr (941), yadro uloqtirishda 13.19 metr (740), 200 metrga yugurishda 25.13 soniya (875), uzunlikka sakrashda 6.07 metr (871), nayza uloqtirishda 51.87 metr (896) va 800 metrga yugurishda 2:15:68 daqiqa (883) qayd etib, jami 6098 ochko jamg‘arishga erishdi.

Osiyo chempionati 16 iyulga qadar davom etadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yekaterina Voronina uch karra Osiyo chempioniga aylandi