Bugun Tailandning Puket shahrida professional boks bo‘yicha "Chempionlar oqshomi" turniri o‘tkazilmoqda.
E’tiborlisi, mazkur jang oqshomida 3 nafar vakilimiz ringga ko‘tarildi. Dastlab, -51 kg vazn toifasida Olimpiada va Jahon chempioni Hasanboy Do‘smatov ispaniyalik Martin Molina Salvadorni mag‘lub etdi.
Shuningdek, -63,5 kgda Mujibillo Tursunov qozog‘istonlik Muhammedsabir Bazarbay Uulu, -71 kg vaznda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev qozog‘istonlik Dulat Bekbauo ustidan g‘alabani tantana qildi. Ularning har biri 10000 AQSH dollaridan pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar