08:46 / 19.07.2023
227

“Bavariya” o‘rtoqlik o‘yinida raqib darvozasiga javobsiz 27 ta to‘p kiritdi

“Bavariya” o‘rtoqlik o‘yinida raqib darvozasiga javobsiz 27 ta to‘p kiritdi

Germaniyaning “Bavariya” jamoasi 18 iyul, seshanba kuni “Rottax-Egern”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

Uchrashuv myunxenliklarning 27:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘limda “Bavariya” 18 ta gol urdi: Matis Tel va Jamal Musialalar penta-trik qayd etgan bo‘lsa, Serj Gnabri uchta golga mualliflik qildi. Leroy Sane, Dayo Upamenkano, Nussair Mazraui, Konrad Laymer va Alfonso Devislar bittadan golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda esa Marsel Zabitser beshta gol urdi. Rafael Gerreyru, Rayan Gravenberx, Kingsli Koman va Sadio Mane ham maydonni golsiz tark etmadi.

Ma’lumot uchun, “Rottax-Egern” Germaniyaning to‘qqizinchi divizionida to‘p suruvchi jamoa hisoblanadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Bavariya” o‘rtoqlik o‘yinida raqib darvozasiga javobsiz 27 ta to‘p kiritdi