00:08 / 20.07.2023
221

Ro‘ziqul Berdiyev: "Rejamiz bo‘yicha yana ikkita o‘yinchi olishimiz kerak, bular asosan hujumkor futbolchilar bo‘ladi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Rejamiz bo‘yicha yana ikkita o‘yinchi olishimiz kerak, bular asosan hujumkor futbolchilar bo‘ladi"

“Nasaf” o‘z uyida Tojikistonning “Istiqlol” klubiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Oldinroq “Istiqlol” jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni kelishgandik. Bu bizga juda asqotdi. O‘ylaymanki, tayyorgarligimizni yaxshi darajaga chiqarib oldik. “Istiqlol” jamoasiga qarshi xalqaro o‘yin bo‘ldi va birinchi marta to‘qnash keldik. Bu jamoani hamma yaxshi biladi. Tojikiston terma jamoasining asosini tashkil qiladi va Tojikiston futbolining bayroqdori desak ham bo‘ladi. Shuning uchun biz bilan kelishganida bajonidil bunga xursand bo‘lgandik. Chunki raqibimizning anchayin jiddiyligi bizga juda muhim edi.

Albatta, o‘yin rejamiz bo‘yicha kechdi. Ba’zi-bir kamchiliklarimiz bo‘ldiyu, lekin raqibga kamroq imkoniyat berishga harakat qildik. To‘psiz harakatlarimizda buni uddaladik. Albatta, hujumda ayrim kamchiliklarimiz bo‘ldi. Bugun asosiy ko‘zlagan maqsadimiz o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish kerak edi va o‘yindagi yuklamani olish lozim edi. Biz bunga erishdik.

- Jigaurining jamoaga qabul qilingani ham bejizga emasligi ko‘rinyapti. Undan kelajakda nima kutyapsiz?

- Biz har bir o‘yinchini taklif qilganimizda chuqur o‘rganamiz. Ko‘rsatkichlariga, o‘ynagan darajasiga e’tibor qaratamiz. O‘yinlar ko‘rsatyaptiki, u ancha mahoratli futbolchi. O‘ylaymanki, jismoniy holatini yanada yaxshilab olsa jamoamizga katta foydasi tegadi. Rejamiz bo‘yicha yana ikkita futbolchi olishimiz kerak. Bular asosan hujumkor o‘yinchilar bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Rejamiz bo‘yicha yana ikkita o‘yinchi olishimiz kerak, bular asosan hujumkor futbolchilar bo‘ladi"